O‘zbekiston hukumatining 3-iyuldagi qarori bilan Oliy ta’lim tizimida bir qancha tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Adliya vaziriligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qarorga ko‘ra:

  • G‘ayrat Muratov Toshkent shahridagi Adju universitetining rektori etib;
  • Kamol Rizayev Toshkent farmatsevtika institutining rektori etib;
  • Jamshid Inoyatxo‘jayev Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Avvalroq Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga rektor etib tayinlangani, Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Transport universitetiga rektor bo‘lgani, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va Moliya instituti rektori o‘zgargani haqida xabar berilgan edi.