Dunyodagi eng keksa mushuk Angliyada 31 yoshida vafot etdi. Bu haqda Daily Mail nashri hayvon egasi Mishel Heritejga tayanib xabar berdi.

Foto: People

Heritej so‘zlariga ko‘ra, ismi Rabl bo‘lgan meyn-kun zotli mushuk unga 20 yoshga to‘lganida sovg‘a qilingan. Ayolning aytishicha, mushuk hech narsadan aziyat chekmagan, ammo umrining oxirida juda ko‘p vazn yo‘qotgan.

Hayvon egasining so‘zlariga ko‘ra, Rabl so‘nggi kunlarning birida uyni tark etgan va qaytib kelmagan.

Foto: Daily Mail

“Biz, Rabl mushuklarning odatiga ko‘ra vafot etganiga ishonamiz”, – deydi Heritej.

Qayd etilishicha, inson yoshiga taqqoslanganda mushukning yoshi taxminan 150 yoshga teng bo‘lar edi.

Ma’lumot uchun, 1967-yilda tug‘ilgan va 2005-yilda 38 yoshida vafot etgan Krim Paff ismli mushukning rekordini hali hech qaysi mushuk yangilay olmagan.