Dodge kompaniyasi dunyodagi eng kuchli krossover deya talqin qilinayotgan Dodge Durango SRT Hellcat avtomobilini taqdim etdi, deb yozadi Motor1.

Foto: Dodge

Yangi modelga 720 ot kuchi va 875 Nm aylanuvchi momentga ega 6,2 litrli Hemi V8 motori o‘rnatilgan bo‘lib, u sakkiz pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Taqqoslash uchun, Porsche Cayenne Turbo S gibridi 680 ot kuchini taqdim etishga qodir. Hellcat soatiga 100 kilometr tezlikka 3,5 soniyada erishadi, maksimal tezligi 290 km/soatga teng.

Krossoverga moslashuvchan amortizatorlar o‘rnatilgan. Hellcat to‘liq uzatmali bo‘lib, 3950 kilogrammgacha bo‘lgan yukni torta oladi.

Foto: Dodge

Shuningdek, yangilangan model “tajovuzkor” ko‘rinishga ega. U nozik qirrali radiator panjarasi, yangi bamperlar va ingichka LED-faralar o‘rnatilgan.

Dodge Durango SRT Hellcat salonida tachskringa ega yangi 8,4 yoki 10,1 dyuymli Uconnect 5 mediatizimi paydo bo‘lgan. Model ikki yoki uch qatorli o‘rindiqli versiyada taqdim etiladi.

Dodge Durango SRT Hellcat Amerika bozorlarida 2021-yilning boshida paydo bo‘ladi.

Foto: Dodge

Foto: Dodge

Foto: Dodge

Foto: Dodge

Avvalroq Germaniyaning TUV tashkiloti mutaxassislari Yevropa bozorlarida sotilayotgan deyarli buzilmaydigan avtomobillar reytingini taqdim etgandi.