Quyidagi Bollivud yulduzlari necha yoshda bo‘lishidan qat’i nazar, oila hamma uchun muhim ekanining isboti.

Amir Xon

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktyor Amir Xon 21 yoshida Rina Datte bilan turmush qurgan. 16 yillik turmush ajrashish bilan yakun topgan. 2005-yilda qayta sevgisini uchratgan aktyor 40 yoshida Kiran Raoga uylangan. 46 yoshida esa to‘rtinchi marta ota bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan.

Fara Xon

Foto: “Yandeks Dzen”

Bollivudda xoreograf sifatida faoliyat boshlagan Fara Xon keyinchalik rejissor sifatida muvaffaqiyatga erishgan. Ijodkor 2004-yilda, 40 yoshida Sirish Kunder bilan turmush qurgan. 43 yoshida uch nafar farzandni dunyoga keltirgan Fara Xon bugungi kunda turmush o‘rtog‘i bilan baxtli hayot kechirib keladi.

Priti Zinta

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktrisa 2016-yil 29-fevralda amerikalik do‘sti Jin Gudenafga turmushga chiqqan. Juftlikning nikoh marosimi Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan.

Jon Abraham

Foto: “Yandeks Dzen”

Jon aktrisa Bipasha Basu bilan 9 yillik munosabatlariga nuqta qo‘yganidan keyin, 2014-yilda Priya Ranchal bilan turmush qurgan. To‘y yashirin o‘tkazilgan va bunga aktyorning shaxsiy hayotini ko‘z-ko‘z qilishni istamasligi sabab bo‘​lgan.

Boni Kapur

Foto: “Yandeks Dzen”

Boni Kapur 41 yoshida 33 yoshli aktrisa Shridevi bilan turmush qurgan. Juftlik aktrisaning bevaqt hayotdan ko‘z yumguniga qadar, 22 yil birga hayot kechirgan.

Saif Ali Xon

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktyor Amrita Singxga juda ham yosh uylangan va munosabatlarga 2004-yilda nuqta qo‘ygan. Shundan keyin Saif Ali Xon 42 yoshida aktrisa Karina Kapurga uylangan. Juftlik bugungi kunda o‘g‘il farzandni katta qilmoqda.

Urmila Matondkar

Foto: “Yandeks Dzen”

Urmila 42 yoshida o‘z sevgisini uchratgan. Aktrisa kashmirlik biznesmen va model Moxsin Axtar Mir bilan 2016-yilda turmush qurgan.

Sanjay Datt

Foto: “Yandeks Dzen”

Sanjay Datt tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi rafiqasini uchratguniga qadar uch marta turmush qurib ajrashgan. U 2008-yil 48 yoshida Manya Datt bilan turmush qurgan.