Hindistonning Maxarashtra shtatida yashovchi erkak o‘zini koronavirusdan himoya qilish uchun sof oltindan 289 ming rupiy (qariyb 4 ming dollar) evaziga tibbiy niqob yasattirdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Shankar Kurade kumushdan yasalgan niqob taqib yurgan hamshahariga havas qilib, mahalliy zargarga tilla niqobga buyurtma berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2,5 kilolik niqobda nafas olish uchun teshiklar bor.

Erkak jurnalistlar bilan suhbatda barcha ehtiyot choralarini ko‘rayotgani, niqob taqishdan tashqari ijtimoiy masofa saqlashga ham amal qilayotganini aytib o‘tdi.

Foto: “RIA Novosti”

Qimmatbaho niqob nafaqat mahalliy aholi, balki bir nechta OAVlar e’tiborini ham tortdi.

“Bu niqobni taqib ko‘chaga chiqsam, hammaning e’tibori menda bo‘ladi. Oilamning tillaga qiziqishini hamma biladi, biroq tilladan yasalgan niqob odamlar uchun yangilik”, — deydi Shankar Kurade.