Shimoliy Kiprdagi suv ombori qirg‘og‘ida alligatorga o‘xshash g‘ayrioddiy mavjudot topildi. Bu haqda Cyprus Mail xabar berdi.

Foto: Cyprus Mail

Kipr tabiatni tadqiq qilish instituti ma’lumotlariga ko‘ra, topilgan mavjudot Missisipi cho‘rtanbalig‘i bo‘lib chiqdi.

Uning og‘irligi 10 kilogramm, uzunligi esa 112 santimetr edi.

Missisipi cho‘rtanbalig‘i bu hududda ilk marta qayd etilmoqda. Mutaxassislar qo‘shimcha tarzda o‘rganish olib boradi.

Foto: Cyprus Mail

Institut suv muhandisi Dervish Kavuso‘g‘luning aytishicha, mavjudot bu o‘lchamga yetishi uchun kamida 10 yil talab qilingan.

Missisipi cho‘rtanbalig‘i mintaqadagi eng yirik baliqlardan biri hisoblanadi. Taxminlarga ko‘ra, u egasi tomonidan suvga qo‘yib yuborilgan bo‘lishi ham mumkin.

Ular nafaqat boshqa baliqlar, balki suvda suzadigan qushlar bilan ham oziqlanadi.