5-iyul kuni jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Turkiyalik taniqli xonanda Tarkan karantin paytida sochini oldirmadi. U muxlislariga murojaat qilib, sochini o‘stirish yoki oldirish yuzasidan maslahat so‘radi.

G‘ulomjon Yoqubov va Hosila Rahimova “Baxshi qiz” deb nomlangan duet taronani taqdim etdi.

Rayhon sahifasiga to‘yda qo‘shiq kuylayotgani aks etgan videoni joyladi. Ushbu videoda xonandaning keng ko‘ylagi muxlislar e’tiborini tortdi. Ular Rayhonni farzand kutyapti, degan xayolga bordi hamda shu mazmundagi savollarni yozib qoldirdi. Biroq Rayhon ushbu savollarga javob bermadi.

Hozirda deputat sifatida faoliyat yuritayotgan Shohrux reper yangi qo‘shiq kuyladi hamda unga klip ham suratga oldirdi.

Ra’no Shodiyeva o‘ziga juda o‘xshaydigan qizi Rahshonani Istanbulga chaqirib oldi.

3-iyul kuni Lola Karimova 42 yoshni qarshi oldi. U ushbu kunda o‘ziga qanday tilak bildirgani haqida yozdi.

https://www.instagram.com/p/CCL7ZTwFAmB/

Umidaxon muxlislari uchun kayfiyatni ko‘taruvchi video tayyorladi.

Xonanda Shirin muxlislariga ezgulik tiladi.