O‘zbekistonda 5-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 121 kishiga ko‘payib, mamlakatda umumiy kasallanganlar soni 9829 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 106 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida;
  • 7 nafari Toshkent shahrida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida);
  • 7 nafari Toshkent viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida);
  • 1 nafari esa Sirdaryo viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 6425 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3373 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 15 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 15-martdan buyon 31-nafar bemor kasallik asoratlaridan vafot etgan.