O‘zbekistonda 4-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, yana 97 kishida koronavirus aniqlandi. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9708 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 6 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida;
  • 58 nafari Toshkent shahrida (shundan 27 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 31 nafari aholi orasida);
  • 26 nafari Toshkent viloyatida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida);
  • 6 nafari Navoiy viloyatida karantindagilar orasida;
  • 1 nafari Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 6425 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.

15-martdan buyon 31-nafar bemor kasallik asoratlaridan vafot etgan.