O‘zbekistonda 6-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 123 kishiga ko‘payib, mamlakatda umumiy kasallanganlar soni 10 143 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlari

  • 43 nafari karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;
  • 60 nafari Andijon viloyatida (shundan 58 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida);
  • 20 nafari Toshkent viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 6584 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan, mamlakatda kasallikdan vafot etganlar soni 34 nafarga yetgan.

Hozirda mamlakatda 3524 nafar bemorga shifokorlari tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 25 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.