AQShdagi Janubiy Karolina plyajlaridan birida yirik qushning tirnoqlariga akulaga o‘xshash baliqni ilib uchayotgani videoga olindi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: Pixabay

Ushbu rolik ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Foydalanuvchilar videodagi qushning baliqqiyg‘ir ekanligini taxmin qildi. Qush qanotlarining uzunligi 1,7 metrga yetadi.

Baliq masalasida esa bahslar yuzaga keldi. Internet foydalanuvchilari uning kichikroq akula, masalan, Ispaniya makreli ekanligini taxmin qildi.