Ijtimoiy tarmoqlarda samolyotda boshqalar bilan imkon qadar kam muloqotda bo‘lishning noodatiy usulini o‘ylab topgan sayyoh ayol muhokama markaziga aylandi, deb xabar beradi Express.

Samolyotdagi ayolning surati avval Twitter, keyin Instagram’da e’lon qilindi.

Suratda samolyotning ekonom-klassida o‘tirgan ayolni ko‘rish mumkin. Yo‘lovchi ayol pandemiyadan so‘ng aksariyat aviakompaniyalar talab qilayotganidek tibbiy niqobda o‘tiribdi. Biroq u himoyani yanada kuchaytirishga qaror qildi.

U ko‘chma issiqxona yoki shaffof palatkani eslatuvchi himoya qobig‘i ichida o‘tiribdi.

Ayrim yo‘lovchilar ayolning bu ishidan hayron bo‘ldi, boshqalar esa uning topqirligini olqishladi.