Havo yaxshi aylanmaydigan binolar ichida koronavirus bilan kasallanish xavfi yuqori. Bu haqda virusolog va immunologlarga tayanib, “Izvestiya” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, binodan nima maqsadda foydalanish undagi havo aylanish tizimining ishlashi kabi muhim emas.

“Havo yaxshi aylanmasa, xavf yopiq bino ichida yuqori bo‘ladi”, — deydi Moskva fizika-texnika instituti genom injeneriyasi laboratoriyasi rahbari Pavel Volchkov.

Olimlarning fikricha, infeksiyaning yuqish xavfi bo‘yicha ikkinchi o‘rindan jamoat transporti, shuningdek, odamlar uzoq vaqt davomida muloqot qiladigan joylar o‘rin olgan.

Barlar, restoran va karaoke-klublar koronavirus bilan kasallanish borasida katta xavf tug‘diradigan maskanlar ro‘yxatining 3-pog‘onasidan o‘rin olgan. Mutaxassislar, shuningdek, stadionlar, chilimxonalar va ibodatxonalarga tashrif buyurishda ham ogoh bo‘lishga chaqirgan. Bundan tashqari, stomatolog ko‘rigiga borganda ham ehtiyotkor bo‘lish tavsiya etiladi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, odamlar niqob taqish va ijtimoiy masofalanishga e’tibor qaratmay qo‘ygan. Bu esa vaziyatni yanada murakkablashtiradi.

Avvalroq olimlar basseyn va suv havzalari orqali koronavirus yuqtirib olish ehtimolini baholagani to‘g‘risida, virusni oziq-ovqatlar orqali yuqtirib olishdan saqlanish yo‘llari to‘g‘risida xabar berilgan edi. Dunyoning 32 mamlakatidan bo‘lgan 239 nafar olim Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga murojaat yo‘llab, undan koronavirus borasidagi tavsiyalarini qayta ko‘rib chiqishni talab qilgan.