O‘zbekistonda 2020-yil 10-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, yana 159 nafar odamda koronavirus infeksiyasi aniqlandi va kasallanganlar soni 11 723 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilgan.

Yangi kasallanish holatlari

  • 78 nafari karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida;
  • 29 nafari Toshkent shahrida;
  • 10 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 5 nafari Xorazm viloyatida;
  • 5 nafari Jizzax viloyatida aholi orasida;
  • 17 nafari Navoiy viloyatida;
  • 15 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 7287 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan, epidemiya boshlanganidan beri jami 52 nafar bemor koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Hozirda mamlakatda 4384 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 42 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.