O‘zbekistonda 11-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 179 kishiga ko‘payib, kasallanganlarning umumiy soni 12 206 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanganlarning

  • 126 nafari karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida;
  • 30 nafari Toshkent shahrida aholi orasida;
  • 14 nafari Qoraqalpog‘istonda (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida);
  • 9 nafar Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 7530 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan. Epidemiya boshlanganidan beri kasallik oqibatida vafot etgan bemorlar soni esa 55 nafarga yetgan.

Hozirda mamlakatda 4621 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 43 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.