“Hayot” uy hayvonlari saqlanuvchi boshpanasida 14-iyul soat 16:30 da yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Repost.

Foto: Repost

Yong‘inga yondosh daladagi quruq o‘tlarning yonib ketishi va boshpana qurilish maydoniga o‘tib ketishi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

“Bir nechta vasiylar va qo‘riqchidan tashqari hech kim jabrlanmadi”, — deydi boshpana asoschisi Iroda Matkarimova.

Foto: Repost

Hozirda yong‘in ochirilgan. Barchaga yordam ko‘rsatilgan.

Foto: Repost

Boshpana asoschisining so‘zlariga ko‘ra, yaqinda o‘tkazilgan brifingdan so‘ng, boshpanaga faqat karantinda bo‘lgan va uy hayvonlarini boqishga qodir bo‘lmagan odamlarning uy hayvonlarini qabul qilishga qaror qilingan.

Foto: Repost

Boshpanada hayvonlar faqat fuqarolarning ixtiyoriy badallari asosida saqlanadi.