Tesla Model 3’ning bort kameralari tibbiy niqob taqib olgan ikki nafar shaxs Porsche 911 Carrera’ning o‘g‘irlashga uringanini videoga oldi. Ko‘ngilsiz hodisa Ispaniyaning Benikasim shahridagi avtoturargohlardan birida sodir bo‘lgan, deb yozadi Business Insider.

Foto: Twitter

Kadrlardan ko‘rish mumkinki, o‘g‘rilardan biri Porsche ruliga o‘tirgan, ikkinchisi esa mashinani orqasidan itargan.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

O‘g‘irlab ketilgan transport vositasi qo‘shni shaharchada tezda topila qolgan, huquq-tartibot organlari esa o‘g‘rilarni qidiruvga bergan.

https://twitter.com/josejacas/status/1282372669619482624

Nashrning ta’kidlashicha, Tesla va Porsche egalari bir-biri bilan qarindosh.

Ma’lumot uchun, Tesla’ning barcha elektromobillari Sentry Mode rejimi bilan jihozlangan bo‘lib, avtoturargohdagi elektrokar yaqinida biror harakat paydo bo‘lsa, bort kameralari ishga tushadi.

Avvalroq Kaliforniyada Tesla egasi o‘z mashinasini o‘g‘irlashga uringan shaxsni smartfon yordamida salonga qamab qo‘ygani to‘g‘risida xabar berilgandi.