19:31, 16.07.2020 // 33634

Yuz terisi parvarishi bo‘yicha ko‘p uchraydigan noto‘g‘ri fikrlar

Tashqi ko‘rinish va salomatlik bilan bog‘liq turli qarashlar mavjud ekani haqiqat. Lekin ularning hammasi ham to‘g‘ri bo‘lavermasligi, ayniqsa teri parvarishi bo‘yicha umumiylikdan qochib, individual yondashish kerak.

Foto: Harper’s Bazaar

1. Ko‘p suv ichsa, teri namlanadi

Suv ichishning salomatlik va teri uchun ahamiyatini inkor etib bo‘lmaydi. Ko‘p suv iste’moli hazm jarayonining yaxshilanishi, qon aylanishi yaxshilanishi va toksinlardan tozalashda samara beradi, lekin terisi quruq, ko‘chadigan kishi faqatgina suv ichish orqali mavjud muammoni bartaraf etolmaydi. Bunda ichki va tashqi tomondan namlantirishni yo‘lga qo‘yish, sifatli va parvarishlovchi vositalardan foydalanish tavsiya qilinadi.

2. Mif: Teri turi hech qachon o‘zgarmaydi

Voyaga yetgandan keyin teri turi o‘zgarmaydi degan qarashlar mavjud, ammo bu yanglish sanaladi. Gap shundaki, stress, gormonlar o‘zgarishi, parhez va atrof-muhit ta’siri natijasida terining quruqlashishi kuzatiladi.

3. Makiyaj — husnbuzar paydo bo‘lishining asosiy sababi

Unutmang, husnbuzar paydo bo‘lishiga surtilgan kosmetik vositadan ko‘ra, teri holatining yaxshi emasligi, uning sababi esa iste’mol mahsulotlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Teri alohida parvarish va e’tibor bilan birga, uni yog‘ va ko‘zga ko‘rinmas mikroblardan tozalab turish talab qilinadi.

4. Yuzda parvarishdan keyin husnbuzar paydo bo‘lishi tabiiy

Parvarish teri rangini yaxshilashi, husnbuzar toshishiga sabab bo‘lishi emas, balki terini o‘lik to‘qimalardan tozalashi kerak. Agar ta’kidlangan ijobiy natijalardan birontasi ham ko‘zga tashlanmasa, kosmetik vosita sifatsiz bo‘lishi mumkin.

5. Yuzni ertalab yuvmaslik kerak

Terining turi qanday bo‘lishi — yog‘li, quruq yoki aralash bo‘lishidan qat’i nazar, yuzni kuniga ikki marta yuvish kerak. Uyqu vaqtida teridagi yog‘lar yuzaga chiqadi va shu sabab ham tongda yaxshilab yuvib tashlash kerak bo‘ladi.

6. Qorin bilan uxlash ajin ko‘payishiga sababchi bo‘ladi

Aksariyat hollarda ajinlarning paydo bo‘lishi yosh bilan yoki yuz mushaklari harakati va nasl bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu sabab ham qorin bilan uxlash ajin keltirib chiqaradi yoki tepaga qarab uxlasa, ajin tushishining oldi olinadi degan tushunchalar noto‘g‘ri.

7. Makiyaj tozalaydigan vosita yoki skrabga pul sarflashning keragi yo‘q

Teri tuzilishi turlicha bo‘lgani sabab ham bunday vositalarni aynan sizning teringizga tushadiganini xarid qilish kerak. Siz yog‘li teri egasi bo‘lsangiz, ammo arzon deb quruq yuz uchun mo‘ljallangan vositadan foydalansangiz, tejagan pulingiz qolib, ishlatilgani havoga uchadi. Chunki boshqa teri uchun mo‘ljallangan vosita ijobiy natija bermaydi va yangisini xarid qilishingizga to‘g‘ri keladi.

Eng ko‘p o‘qilgan

Qidiruv