Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan Jomiy bozori yaqinidagi qurilish mollari do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Foto: FVV

Qayd etilishicha, yong‘in 22-iyul kuni soat 15:34 da boshlangan. Bir necha daqiqada favqulodda hodisa joyiga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta o‘t o‘chirish va qutqaruv guruhi yetib kelgan.

Foto: FVV

Yong‘in qutqaruv jangovar bo‘limlari manzilga soat 15:41 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida soat 16:14 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan hamda do‘konlarning 2000 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Foto: FVV

Yong‘in natijasida qurilish mollari do‘konlarida jami 200 kvadrat metr maydoni yonib ketgan. Hozirda yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.