11:25, 24.07.2020 // 56197

Neslihanning eri Burak bilan munosabatlari haqida gapirdi, Kaan “Muhtasham yuz yil”dagi Firuze bilan bir filmda. Turk kinosi yangiliklari

Hukumat bilan filmlar borasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgani sabab Netflix Turkiyani tark etishi mumkin. Turk axborot agentliklarining xabar berishiga qaraganda, qahramonlari bilan bog‘liq senzura sabab Netflix “Sevgi 101” serialini suratga olishni to‘xtatgan.

Ebru Shahin

Foto: Getty Images

“Beqaror” seriali yulduzi Ebru Shahinning shaxsiy hayotida o‘zgarishlar yuz bermoqda. Hech kim bilan munosabatda emasligini ta’kidlaydigan aktrisa basketbolchi Jedi Osman bilan sayr qilib yurganida paparatssi nishoniga uchragan.

Xande Erchel

Foto: Vatan

O‘zbek muxlislariga “Malikam, endi qara” serialidagi roli orqali yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa yigiti Murat Dalgich bilan munosabatlariga nuqta qo‘ygan. Bu haqida Xande Instagram sahifasida e’lon qilganidan keyin muxlislarda u suratga tushayotgan “Eshigimni taqillat” serialida bosh qahramon rolini ijro qilayotgan Kerem Bursin bilan sevgi uchquni paydo bo‘lgan, degan shubha uyg‘ongan.

Kadir Dogulu

Foto: Getty Images

Kadir Dogulu Burak O‘zchivit haqidagi fikrlarini bildirdi. Uning aytishiga qaraganda, u Burak bilan yaxshi hamkasb va uni professional aktyor deb hisoblaydi. Lekin shunga qaramasdan birga ishlagan hamma bilan ham qalin do‘st bo‘lish imkonsiz. To‘yiga chaqirmagani ham shu bilan bog‘liq, ya’ni inson nikoh oqshomida yonida eng yaqin insonlari bo‘lishini istashi tabiiy hol.

Boshqa yangiliklar

Foto: TV-Exposed

Kaan va Jansudan yangi hamkorlik. Kaan Urganjiog‘lu, Jansu Dere “Doktor Foster”ning turkcha variantida birga suratga tushadi. Ismail Xajiog‘lu esa “Joker”ning turkchasida bosh qahramon rolini ijro qilishi kutilmoqda. Jemre Baysel esa Emre Bey va Ozge Yagiz bilan birgalikda “Mening chap tarafim” serialida birgalikda suratga tushadi. Birsen Altuntashning ta’kidlashicha, Onur Saylak “Chuqur” filmida rol ijro qilishi mumkin.

Eng ko‘p o‘qilgan

Qidiruv