O‘zbekistonda 2020-yil 29-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar qatoriga yana 205 kishi qo‘shilib, ularning umumiy soni 22 374 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallangan bemorlarining

  • 190 nafari Toshkent shahrida (shundan 94 nafari tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar, 96 nafari esa O‘rtasaroy karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida);
  • 11 nafari Andijon viloyatida;
  • 4 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Xabar berilishicha, 29-iyul kuni Toshkent shahrida 195 nafar, Toshkent viloyatida 148 nafar, Andijon viloyatida 29 nafar, Namangan viloyatida 17 nafar hamda Farg‘ona viloyatda 14 nafar, jami 403 nafar bemor tuzaldi. Shunday qilib, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 12 668 nafar fuqaro sog‘aydi va tuzalish ko‘rsatkichi 56 foizni tashkil etmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi shu paytga qadar mamlakatda koronavirus bilan kasallangan 129 kishining vafot etgani haqida ma’lum qilgan.

Hozirda mamlakatda 9577 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.