Amerikaning Alyaska shtatida ikkita samolyot havoda to‘qnashib ketdi, deb xabar beradi Anchorage Daily News.

Foto: Anchorage Daily News

DHC-2 Beaver va Piper PA-12 bir motorli samolyotlari Kenay yarimorolidagi Soldotna shahri aeroporti yaqinida bir-biri bilan to‘qnashib ketgan. Halok bo‘lganlar orasida Alyaska qonun chiqaruvchi quyi palatasi a’zosi Geri Knopp ham bor. U samolyotlardan birining ichida bo‘lgan. Ikkinchi samolyotda esa olti kishi — kanzaslik uchuvchi va Janubiy Karolinada yashovchi oila bo‘lgan.

Foto: Anchorage Daily News

Olti kishi voqea joyida, yana bir kishi shifoxonaga ketishda tez yordam mashinasi ichida vafot etgan. Samolyot qoldiqlarining aksariyat qismi shosse bo‘ylab sochilgani sabab, yo‘l vaqtincha yopib qo‘yilgan.

Avvalroq Somalida gumanitar yuklarni olib kelgan samolyot qo‘rqib ketgan eshaklar sabab falokatga uchragani to‘g‘risida xabar berilgandi.