Avstraliyalik olimlar o‘tgan bir yil ichida hashorat va o‘simliklarning 164 ta yangi turini aniqladi. Ularning ayrimlari esa Marvel olami qahramonlari sharafiga nomlangan, deb xabar beradi “film.ru”.

Foto: “film.ru”

Shunday qilib, mamlakatda Dedpul (Humorolethalis sergius), Qora Beva (Daptolestes feminategus), Loki (Daptolestes illusiolautus) hamda Tor (Daptolestes bronteflavus) nomli pashshalar paydo bo‘lgan. Shuningdek, pashshalardan biri “oq mo‘ylov va qora ko‘zoynak” ko‘rinishda bo‘lgani sabab Marvel Comics sobiq direktori Sten Li sharafiga nomlangan — Daptolestes leei.

Foto: “film.ru”

Foto: “film.ru”

Foto: “film.ru”

Foto: “film.ru”

Avvalroq Erondagi olimlar yangi o‘rgimchak turini aktyor Xoakin Feniks sharafiga, niderlandiyalik olimlar esa yangi qo‘ng‘iz turini afsonaviy ingliz guruhi — The Beatles sharafiga nomlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.