Film uchun ba’zida aktyor maksimal darajada o‘zgarishi kerak bo‘ladi. Bunday rollar personajlarni mashhur qiladi. O‘z ishining ustasi bo‘lgan grimyorlar va kompyuter grafikasi sabab bu obrazni qaysi aktyor ijro etgani tomoshabinga noma’lum bo‘ladi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Grut rolida Kristian Godlevski

“Galaktika qo‘riqchilari” afsonasidagi eng yorqin qahramonlardan biri bu – mehribon va ko‘ngilchan Grut ismli daraxt-yigit. Filmdagi bu obraz aktyor Kristian Godlevski tomonidan ijro etilgan. Bunda aktyor harakatlanish texnologiyasidan foydalangan holda Grut rolini o‘ynagan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Yirtqich obrazida Kevin Piter Xoll

O‘nlab film va seriallarda qatnashgan Kevin Piter Xoll aynan “Yirtqich” filmidagi roli orqali tanilgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Bundan tashqari, Piter Xoll “Garri va Xendorsonlar” komediyasida rahmdil Garri rolini ijro etgan. 

Foto: “Yandeks Dzen”

Dart Mol rolida Rey Park

“Yulduzlar jangi” afsonasi aktyor Rey Parkning asosiy eposi bo‘lib, unda unutilmas rollardan birini ijro etgan. Aktyor ijrosida 30 yaqin kino mavjud bo‘lsa-da, bu filmdagi Dart Mol roli bilan yanada mashhur bo‘lgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Dart Veyder obrazida Devid Prouz

“Yulduzlar jangi” filmi haqida gapirganda Dart Veyderni eslamaslikning iloji yo‘q. Devid Prouzning bu roli uning aktyorlik karyerasidagi asosiy roldir, ehtimol.

Foto: “Yandeks Dzen”

Diva Plavalaguna rolida Mayvenn De Besko

G‘ayrioddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan qo‘shiqchi noyob ovozi bilan hammani lol qoldiradi. Aktrisaning aytishicha, u bunday mistik xarakter haqida birinchi marta eshitgan. Grim 3 soat davom etib, Mayvenn hatto naycha orqali ovqatlangan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Raketa obrazida Shon Gann

“Galaktika qo‘riqchilari” filmidagi eng xarizmatik qahramon Raketani Shon Gann ijro etgan. Aktyor ba’zi qisqa sahnalarga kaskadyor yollangani, ammo aksariyat Raketa manzaralarini o‘zi o‘ynaganini ta’kidlagan.