“Daryo” o‘tib borayotgan haftaning qizg‘in bahslariga sabab bo‘lgan tvitlarni diqqatingizga havola etadi.

G‘arbliklarning Markaziy Osiyo xalqlari tarixi haqidagi tarixiy qaydlari mintaqa xalqlari tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lishi mumkin.

“1873-yil Makgaxan ismli amerikalik sayyoh O‘rta Osiyoga sayohat qiladi. Uning esdaliklari o‘sha davrdagi O‘rta Osiyo haqida G‘arb sayyohi nigohi bilan yoritilgani ajoyib. Ayniqsa qozoqlar haqidagi qaydlari menga yoqadi”, – Tug‘jon Kasenova, yadro sohasida tadqiqotchi.

O‘zbekiston qashshoq oilalarga pandemiya sharoitida moddiy ko‘mak berishni qanday hal qila oldi? Maqsad vositalarni oqlay oldimi?

“O‘zbekistondagi 1,7 million shaxs yoki 400 ming oila har biri 220 ming so‘m (20$) miqdorida yordam puli oladi. Yordam puli oladigan aholi ro‘yxati aprel oyida mahallar raislarining uylarga borib ahvolni o‘rganish orqali tuzilgan. Botir Qobilov pul tarqatishning kam xarajatli va samarali yo‘llarini taklif qilmoqda”, – Dilmurod Yusupov, tadqiqotchi olim

Svetlana Sixanovskaya Belarusga yangi demokratik islohotlarni olib kelishga qanchalik yaqin?

“Grodno shahrida Sixanovskayani qo‘llab-quvvatlash uchun 10 mingdan ortiq belarus keldi. Buni kutmagan edim. Bu siyosiy kampaniya afsonaviy. Turli yosh, jins, siyosiy qarashlarga ega bo‘lganlar barchasi. Bu yangi Belarus”, – Franak Vichorka, jurnalist.

Bloger nazarida O‘zbekiston bank tizimi ayrim davlatlardagi bank tizimidan a’loroq ishlamoqda. Olqishlashga sazovor.

“Mutaxassismasman, ammo oddiy foydalanuvchi sifatida shuni aytishim mumkin. O‘zbekistondagi banklar xizmat tizimi: pul o‘tkazmalari, yetkazib berish uchun to‘lovlar Turkiyadagidan ancha yaxshi. Turkiyaning ustun jihati bankomatlar ko‘pligida. Bank funksiyalari  bizda ancha rivojlangan”, – Nurbek Alimov, bloger.

Kasal bo‘lib qo‘lsangiz, qayerda davolanish mumkinligi haqidagi post!

“Dunyoning eng yaxshi shifoxonalari:

  1. Meyo shifoxonasi, AQSh;
  2. Klivlend shifoxonasi, AQSh;
  3. Massachusets umumiy kasalliklar shifoxonasi, AQSh;
  4. Toronto umumiy kasalliklar shifoxonasi, Kanada;
  5. Sharite – Berlin universiteti shifoxonasi, Germaniya;
  6. Jon Xopkins kasalxonasi, AQSh;
  7. Syurix universiteti kasalxonasi, Shveysariya;
  8. Singapur umumiy kasalliklar shifoxonasi, Singapur;
  9. Sheba tibbiyot markazi, Isroil;
  10. Karolinska shifoxonasi, Shvetsiya

Ma’lumotlar The Newsweek nashri asosida olingan”, – World Index, fan, madaniyat, ta’lim, iqtisodiyot sohasida tahlillar markazi.

Nikoh bilan yakunlangan 16 yillik muhabbat sinovlari.

“Finlandiyaning 34 yoshli bosh vaziri Sanno Marin 16 yil uchrashib yurgan futbolchi Markus Raykonenga turmushga chiqdi”, – Dmitriy Smirnov, “Komsomolskaya Pravda” gazetasi jurnalisti.

Koronainqirozdan hamma birdek qiynalmoqda. AQShda kichik va o‘rta tadbirlorlik bilan shug‘ullangan bizneslarning haqiqiy manzarasi raqamlarda.

“AQShda lokdaun e’lon qilingan 1-martdan beri 140 mingdan ziyod biznes korxonalari o‘z ish faoliyatini to‘xtatganini e’lon qildi. Bu bizneslarning 41 foizi batamom o‘z ish faoliyatini yuritishdan to‘xtadi”, – Yan Bremmer, siyosiy tahlilchi.

Ilon Mask nimani orzu qilishini barcha bilan o‘rtoqlashdi. Fazoga uchamiz.

“Agarda fazoga sayohat samolyotdagi parvoz kabi ommalashsa, insoniyat kelajagi ta’minlangan bo‘ladi”, – Ilon Mask, Space-X va Tesla kompaniyalari rahbari.

Mashhurlik yaxshi, agar undan oddiy xalqqa rostdan ham foyda tegsa. O‘zbek shou biznes vakillari ham o‘qiydigan post.

“Beyonce va Jay-Z o‘z nufuzlaridan dunyoni yaxshi tarafga o‘zgartirishga harakat qilishmoqda. Ular inson huquqlarini himoya qilish, qashshoqlik darajasini kamaytirish loyihalarida tashabbuskorlik ko‘rsatmoqda”, – Jorj Takey, aktyor, kinoshunos, muallif.

Nihoyat sobiq pprezident Barak Obama kim uchun ovoz berishini ma’lum qildi.

“Men ko‘p millatlli, umidli, hamdard, yuqori kasbiy malakaga ega bo‘lgan demokratlarni qo‘llab-quvvatlayman. Agar siz demokratlar nomzodi ko‘rsatilgan okrug yoki shtatda yashayotgan bo‘lsangiz, kuzda ovoz bering. Agar imkon qila olsangiz, pochta yoki shaxsan kelib ovoz bering” – Barak Obama, AQShning 44-prezidenti.

O‘zbekiston hukumatining xorijlik fuqarolarga ko‘rsatgan yordami tahsinga loyiq.

“Xorij fuqarolari uchun O‘zbekiston vizalarining amal qilish muddati avtomatik tarzda 1-noyabrga qadar uzaytirildi”, – Nikita Makarenko, jurnalist.

“Qarta uy” serialini muxlislari 5-mavsum nima bilan tugashini taxmin qilsalar ham bo‘ladi. Tokio bu haqda ayrim syujetlarni oshkor qilib qo‘ydi.

“Beshinchi mavsumga tayyormisiz? O‘g‘rilik nihoyasiga yetmoqda”, – Ursula Korbero, “Qarta uy” kino serialida Tokio obrazini yaratgan aktrisa.

Isayya to‘foniga tayyorgarlik haqida gubernatorning hisoboti va tavsiyalari. Viloyat hokimlari o‘rnak olsa arziydi.

“Jamoamiz bilan birgalikda Isayya tropik to‘fonini yaqindan kuzatib kelyapmiz. Kuchli yomg‘ir, shamol va suv toshqinlari seshanba tongida Virjiniya qirg‘oqlariga yetib kelishi kutilmoqda. Agar siz Virjiniya qirg‘oqlariga tutash hududlarda istiqomat qilsangiz, hozir tayyorlanish uchun ayni vaqt. To‘fonga qanday tayyorlanish mumkinligi haqidagi maslahatlarni quyidagi havoladan bilib olishingiz mumkin”, – Ralf Nortam, Virjiniya shtati gubernatori

Jahon banki kimlar koronainqirozdan ko‘p talafot ko‘rishini aytib qo‘ya qoldi. Rossiya, Tojikiston. O‘zbekiston ham bormi, tushunib olish unchalik qiyin emas.

“Koronavirusdan eng ko‘p aziyat chekadiganlar qaysi davlatlar bo‘ladi? Avvalo, sog‘liqni saqlash tizimi ojiz bo‘lgan mamlakatlar, keyin savdo-sotiq, sayyohlik, xorijdan keladigan pul o‘tkazmalariga qaram bo‘lgan mamlakatlar hamda tabiiy boyliklarini eksportiga kun ko'radigan mamlakatlar”, – Jahon banki Twitter sahifasi.

Yevropa Ittifoqi ko‘ksidagi og‘riq – Belarusda demokratik tartib o‘rnatilishi uchun Yevropa qanday tadbir qilishi kerak?

“Yevropa Ittifoqi Belarusdagi saylovlarni erkin va adolatli o‘tishi haqida aniq talablar qo‘yishi muhim. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi muxolifat va siyosiy faollarning Belarusda qamoqqa olinishini tanqid qilishi ham muhim masala. Sukut demokratiyani bostirishga qaratilgan zug‘umdir”, – Karl Bild, Yevropa Ittifoqining xalqaro munosabatlar bo‘yicha kengashi raisi.

Jahongir Ergashev tayyorladi.