Livan poytaxti Bayrut shahrining portida 4-avgust kuni ikkita kuchli portlash oqibatida kamida 137 kishi halok bo‘lgan, 5 mingga yaqin odam tan jarohati olgan, deya ma’lum qildi Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi. Bundan tashqari, kamida bir necha o‘n kishi bedarak yo‘qolgan, deb gumon qilinmoqda. Shahardagi binolarga ham katta zarar yetgan. Reuters agentligi talafotning ko‘lami va keltirgan oqibatlari aks etgan suratlarni namoyish qildi. 

Bayrut bandargohidagi portlashdan ikki kun o‘tib yetkazilgan zarar ko‘lamining umumiy fotosuratlari.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Bayrut bandargohidagi portlashdan so‘ng talafot ko‘lamini ko‘zdan kechirayotgan erkaklar.

Foto: Reuters

Bayrut bandargohidagi portlashdan so‘ng zarar yetgan avtomobil oldida uxlab yotgan erkak.

Foto: Reuters

Vayronalar oldida nazorat postida turgan askar.

Foto: Reuters

Vayronalar oldida nazorat postida turgan harbiy.

Foto: Reuters

Portlash oqibatlarini bartaraf etayotgan ishchilar.

Foto: Reuters

Portlagan hudud oldida turgan erkak.

Foto: Reuters

Bayrut bandargohidagi portlashdan so‘ng do‘kondagi qoldiqlarni yig‘ishtirib olayotgan ayol.

Foto: Reuters

Portlashdan so‘ng ko‘ngillilar guruhi ham tozalash ishlarida qatnashmoqda.

Foto: Reuters

Portlash vaqtida dunyoga kelgan bolakay Jorj hamshira nazoratida uxlamoqda.

Foto: Reuters

Portlash oqibatlarini bartaraf etishga ko‘maklashayotgan ekskavator.

Foto: Reuters

Vayrona binolar oldida motosiklda ketayotgan erkak.

Foto: Reuters

Vayronalar oldidan o‘tib borayotgan odamlar.

Foto: Reuters

Vayronalar oldidan o‘tib borayotgan odamlar.

Foto: Reuters

Masjid gilami ustiga sochilib ketgan oynalarning qoldiqlarini yig‘ib olayotgan erkak.

Foto: Reuters

Portlash oqibatida zarar ko‘rgan kasalxonani tozalayotgan odamlar.

Foto: Reuters

Zarar yetgan Avliyo Georgiy kasalxonasining binosi.

Foto: Reuters

Portlashdan zarar ko‘rgan xonadonining ichida pianino chalayotgan ayol.

Foto: Reuters

Portlashdan jarohat olgan ayol eri bilan birgalikda oziq-ovqat do‘konining oldida xaridor kutmoqda.

Foto: Reuters

Vayronaga aylangan uyining oldida turgan ayol.

Foto: Reuters

Zarar yetgan hudud yaqinida uxlab yotgan erkak.

Foto: Reuters

Turkiya insonparvarlik ko‘magi fondi a’zolari mahalliy qutqaruv jamoasiga yordamga keldi.

Foto: Reuters

Portlashdan jabr ko‘rgan davlat elektr energiyasi kompaniyasi uzra hilpirab turgan mamlakat bayroqlari.

Foto: Reuters

Portlashdan so‘ng vayronalarning qismlari bilan qoplangan tobutlar.

Foto: Reuters