Qozog‘istonda jami 2 million 182 ming nafar aholi COVID-19’ga qarshi bepul vaksinatsiya qilinadi. Bu haqda Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Bagdat Kojaxmetov Facebook’da ma’lum qilgan.

Foto: Elements Envato

Vazirlik mutasaddisining tushuntirishicha, Qozog‘iston Vaksinalar va immunizatsiya global alyansi (GAVI), Epidemiyalarga tayyorgarlik yo‘nalishidagi innovatsiyalar koalitsiyasi (CEPI), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, shuningdek Xalqaro korporatsiyalar va vaksina ishlar chiqaruvchilarining loyihasi COVAX Facility dasturiga kirgan. Ushbu dastur ishtirokchi-mamlakatlari aholisining 20 foiz qismini immunizatsiya qilish uchun antikovid-vaksinalarini qo‘lga kiritadi.

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligining hisob-kitobiga ko‘ra mamlakatda jami 2 182 000 nafar odam yoki aholining 11,5 foizi bepul emlanadi. Ular 65 yoshdan katta kishilar, yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet, surunkali obstruktiv o‘pka kasalliklar va boshqa xronik xastaliklar bilan og‘irgan bemorlar, shuningdek tibbiyot xodimlari bo‘ladi.

“GAVI tashkilotining nuqtayi nazaridan kelib chiqib Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi emlanadiganlarni aholining 20 foizigacha oshirishni muhokama qilib olmoqchi (surunkalik kasalliklar bilan og‘rigan hamda dispenser ro‘yxatida turuvchi bolalar va kattalar, bolalar, yopiq tashkilotlarning xodimlari va boshqalar”, – deya ma’lumot bergan Qozog‘iston SSV rasmiysi.

Shuningdek, u GAVI’ning prognozi bo‘yicha koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinaning 1 ta dozasi aholining daromadi o‘rta darajada bo‘lgan davlatlarga 10 dollardan 20 dollargacha (yetkazib berish hisobga olinmagan) ekanini ma’lum qilgan. Qozog‘istonda vaksinaning dozasi 4142 dan 8284 tengegacha bo‘lishi mumkin.

“GAVI orqali koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinani xarid qilish uchun ketadigan mablag‘ning taxminiy summasi 9 037,8 milliondan – 18 075, 7 million tengegacha (transportirovka xarajatlari hisobga olinmagan) bo‘lishi mumkin. GAVI bilan rasman yuridik kuchga ega shartnoma tuzilsa, ishtirokchi-mamlakatlar 2020-yil 31-avgustgacha boshlang‘ich to‘lovning 15 foizini to‘lash majburiyatini oladi va aholisining 20 foiz qismi uchun vaksinani xarid qiladi”, – degan Bagdat Kodjaxmetov.

2020-yil 30-iyulda Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakat fuqarolaridan ko‘chada majburiy tartibda tibbiy niqob taqishni so‘ragan, ushbu talabga rioya etmaganlar jarimaga tortilishini bildirgan. 1-avgust kuni esa Qozog‘iston milliy agrar universitetidagi Xalqaro vaksinatsiya markazida mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi birinchi emlash o‘tkazilgan.