Hindistonlik tadbirkor Shrinivas Guptaning ayoli Madhavi avtohalokatda vafot etdi. Tasalli topolmagan beva sevimli xotinisiz hayotga ko‘nikolmagan va uning mumdan yasalgan haykalini yasattirgan.

Foto: Liza

Usta mijoz aytganidek, ayolni o‘tirgan holatda tasvirlagan. Keyin tadbirkor marhuma xotinining mum haykali uchun alohida uy qurdi. U yerga oppoq divan joyladi va ayolining haykalini o‘tqazdi.

Hashamatli saroy loyihasi va qurilishi bilan Shrinivas eng yaxshi 25 talabgor ichidan tanlab olingan me’mor shug‘ullangan.

Tadbirkor yangi uyga barcha yaqinlari va do‘stlarini taklif etib, ularga qimmat sari kiydirilgan marhum rafiqasining mumdan ishlangan haykalini ko‘rsatgan.

Madhavi Gupta qizlari bilan yo‘lda ketayotgan paytida mashina qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan katta yuk mashinasiga borib urilgan. Qizlari yengil jarohat olgan, ammo ayol hodisa joyida vafot etgan.