Koronavirus pandemiyasi davrida barcha o‘zini turli xil usullar bilan izolyatsiyalashga o‘rgandi. Kimdir onlayn kursga yozildi, kimdir uyda mashg‘ulotlar orqali qomati ustida ishladi, yana kimdir taom pishirish bilan shug‘ullandi.

Foto: Instagram/@artistvik_london

Rassom Viktoriya o‘zini ushbu qayg‘uli vaziyatdan boshqacha tarzda chalg‘itishga qaror qildi. ArtistVik taxallusi ostida ijod qiluvchi rassom o‘zini yakkalash jarayonida uy devorining biriga rasm chiza boshladi, natijada 113 kunlik izolatsiyada tayyor bo‘lgan suratlar uy qamog‘ining haqiqiy xronikasiga aylandi.

Foto: Instagram/@artistvik_london

Foto: Instagram/@artistvik_london

Aks etgan rasmlar kichik tasvirlar bo‘lib, ularning har biri ma’lum bir kunni anglatadi. Shundan so‘ng bu sevimli mashg‘ulot ajoyib badiiy loyihaga aylandi.

Foto: Instagram/@artistvik_london

Foto: Instagram/@artistvik_london

Rassomning so‘zlariga ko‘ra, devor o‘ziga xos ijodiy kundalikka aylangan. U devorga izolyatsiya paytida uni o‘rab turgan kundalik narsalar, fikrlar, dunyoning muhim yangiliklari va uy hayvonlarining suratini tushirgan.

Foto: Instagram/@artistvik_london

Foto: Instagram/@artistvik_london