Avstraliyada Meykl Xemden ismli sakkiz yoshli bolakay auksionda ishtirok etib, Sidney yaqinidan beshta kvartira sotib oldi. Yigitcha uylar uchun 696 ming dollar to‘lagan. Savdolarda Mayklning o‘zi boshqa olti nafar ishtirokchi bilan raqobatga kirishgan, deb xabar beradi Mirror Online.

Foto: Mirror

Sakkiz yoshli biznesmenga otasining yordami faqatgina chek yozib berish vaqtida kerak bo‘lgan.

Endilikda Maykl otasi bilan xarid qilingan uylarni ta’mirlab, ularni ijaraga berishni rejalashtirmoqda.

Ta’kidlanishicha, auksion ishtirokchilari bolakayning savdolarda ishtirok etganidan biroz shokka tushgan. Otasining so‘zlariga ko‘ra, u bu orqali farzandi tajribasini oshirishga urinmoqda.