AQShning Smitson milliy hayvonot bog‘ida eng qari gigant panda — Mey Syan, ayiq dunyoga keltirdi. Ma’lum qilinishicha, ularning har ikkisining ham ahvoli yaxshi va bir necha kundan keyin pandaning jinsi ma’lum qilinadi.

Foto: Time Out.ru

Hayvonot bog‘i vakilining so‘zlariga qaraganda, Mey Syan ona bo‘lish uchun katta yoshda bo‘lgani sabab uning bola dunyoga keltirish imkoni kam bo‘lgan. Shunga qaramay, imkon berishga qaror qilingan va sun’iy urug‘lantirish amaliyotidan foydalanilgan. Natijada esa Mey Syan bola dunyoga keltirgan dunyodagi ikkinchi gigant panda bo‘lgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, Mey Syan bundan avval ham ona bo‘lgan, ammo faqat 2005 va 2013-yilda dunyoga kelgan ayiqchalarigina omon qolgan.

Ma’lumot uchun, yo‘qolish xavfi yuqori bo‘lgan kamyob hayvonlardan bo‘lgan gigant pandalar kam nasl qoldiradi. Ushbu tur soni tabiatda 1,6 mingni tashkil qiladi. Yana 300 ga yaqini esa hayvonot bog‘ida saqlanadi.