East Bristol Auctions tomonidan o‘tkazilgan auksionda hind siyosatchisi Mahatma Gandiga tegishli ko‘zoynoklar amerikalik kolleksioner tomonidan sotib olindi.

Foto: “Etnomir”

Qayd etilishicha, ko‘zoynaklarning asl narxi 15 ming yevro bo‘lishiga qarmay, auksionda 260 ming yevroga xarid qilingan. Gandi ushbu ko‘zoynakni 1920-yillarda Janubiy Afrikaga safari davomida taqqan.

Qo‘shimcha qilinishicha, ko‘zoynak mangotsfildlik keksa yoshli odam tomonidan auksionga qo‘yilgan bo‘lib, uning qarindoshi Afrikada Gandi bilan uchrashgan va Mahatmaning o‘zi unga sovg‘a qilgan.

Auksion uyi xodimi Endryu Stouvning ta’kidlashicha, sotuvga qo‘ygan inson ko‘zoynakning potensial qiymati qancha ekanini bilganidan keyin yurak xurujini boshdan kechirishiga sal qolgan.

Deyarli 50 yil qutida yotgan ko‘zoynakni sotuvga yaramasa, tashlab yuborishi mumkinligini aytgan inson endilikda hayotini o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan miqdorda mablag‘ga ega, deyiladi xabarda.