Samarqand shahridagi 1-sonli tug‘ruqxona bosh vrachi Gulnora Jo‘rayeva vafot etdi, deb xabar bermoqda Zarnews.

Foto: Zarnews

Qayd etilishicha, Gulnora Jo‘rayeva 1964-yilda Samarqandda tug‘ilgan. Uzoq yillar davomida Samarqanddagi turli tug‘ruq majmualarida oddiy ginekologlikdan to bosh shifokor lavozimigacha bo‘lgan vazifalarda mehnat qilib kelgan.

Shuningdek, bir necha yil davomida Samarqand viloyat kengashi deputati sifatida ham samarali faoliyat ko‘rsatgan.

Xabarda shifokorning vafoti sababiga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq Toshkentdagi Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi shifokori A.U. 26-iyun kuni vafot etgani xabar berilgan edi. Shifokor faoliyati davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani sababli vafot etgan.