Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatida yashovchi Uendi Lindsi ajoyib tasvirni videoga muhrladi. Tasvirda qor yog‘ayotgan paytda bir-biri bilan urishayotgan kengurular aks etgan, deb yozadi “7news.com.au”.

Foto: “iz.ru”

Lindsining so‘zlariga ko‘ra, kengurular janjali fermada yuz bergan.

“Biz tez-tez kengurular jangining guvohi bo‘lamiz, ammo ularni qor yog‘ayotgan paytda tomosha qilish ajoyib edi”, – deya qo‘shimcha qiladi Lindsi.

https://www.facebook.com/7NEWSsydney/videos/3469113033139510/

Kengurular chindan ham jang qilishni yaxshi ko‘radi, Twitter tarmog‘ida ham ularning kelishmovchiliklari haqida ko‘plab videolar mavjud.

Ushbu videoda tasvirlanishicha, kenguru itga hujum qilgan. Shuningdek, kenguru dovdirab qolgan itga qaraganda ancha dadil ko‘ringan. Ammo itning egasi o‘z vaqtida yetib kelib, kenguruning yuziga tarsaki tushiradi. Shundan so‘ng kenguru ham esankirab qoladi.