Qorin ochib turgan holatida har qanday mahsulotni iste’mol qilish foydasiz, gohida zararli oqibatlarga ham olish kelishi mumkin. To‘g‘ri ovqatlanish nafaqat vitaminga boy mahsulotlar bilan, balki qaysi payt va qanday holatda taomlanishni ham o‘z ichiga oladi.

Foto: “Domashniy Ochag”

Yogurt

Hayratlandingizmi? Albatta, yogurt iste’mol qilish mumkin. Agar och qoringa yogurt ichilsa, oshqozonda mavjud xlorid kislotasi yogurt tarkibidagi sut bakteriyalarini yo‘qqa chiqaradi. Natijada bundan hech qanday foyda bo‘lmaydi.

Foto: “Domashniy Ochag”

Nok

Nokning po‘stlog‘ida oshqozon shilliq qavatiga shikast yetkazadigan juda ko‘p sertola mavjud. Shuning uchun bo‘sh oshqozonga nok yeyish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, nok iste’molidan keyin suv ichish mumkin emas.

Foto: “Domashniy Ochag”

Pomidor

Pomidorga boy bo‘gan mahsulotlar oshqozon kislotaliligini oshiradi. Bu esa gastrit, pankreatit va kolitga olib keladi. Shunga o‘xshash mahsulotlarga xurmo va kartoshka ham kiradi. Ularning tarkibida teri oshlovchi moddalar mavjud.

Foto: “Domashniy Ochag”

Banan

Agar och qoringa banan tanovul qilinsa, qonda magniy miqdori keskin ko‘tariladi va bu yurakka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, och qoringa banan iste’mol qilish orqali kaliy va magniy muvozanati buzilishi natijasida kuni bo‘yi charchash holati kuzatiladi.

Foto: “Domashniy Ochag”

Sitrus

Apelsin, mandarin va greypfrut meva kislotasiga boy mahsulot hisoblanadi. Bu degani, ushbu sitruslar och qoringa iste’mol qilinsa, jig‘ildon qaynashi va gastrit rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Foto: “Domashniy Ochag”

Qahva

Qahva oshqozon kislotasi ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi va jig‘ildon qaynashi hamda oshqozon yarasi kasalligiga sabab bo‘ladi. Agar nonushtani faqatgina qahva bilan almashtirilsa, serotonin (baxt gormoni) yetishmovchiligi natijasida tushkunlik kayfiyati hamroh bo‘ladi.

Foto: “Domashniy Ochag”

Spirtli ichimlik

Odatda och qoringa spirtli ichimlik ichilsa, ikki baravar tezroq mast qiladi. Ammo ertalabdan qattiq bosh og‘rig‘i kutib oladi, shuningdek, alkogol iste’mol qilingan mahsulotlarning juda sekin parchalanishiga olib keladi.

Foto: “Domashniy Ochag”

Sovuq gazlangan ichimlik

Bu odat nafaqat oshqozon shilliq qavatiga yomon ta’sir qiladi, balki unga qon quyilish jarayonini ham sekinlashtiradi. Natijada ovqat hazm qilish jarayoni susayadi va ishdan chiqadi.

Foto: “Domashniy Ochag”

Saqich

Saqich chaynash vaqtida butun ovqat hazm qilish tizimi ishga tushadi va buning uchun zarur bo‘lgan suyuqlik ishlab chiqariladi. Bo‘sh oshqozonga tushgan suyuqlik shilliq qavatga zarar keltira boshlaydi. Natijada surunkali gastrit va kolit rivojlanadi.

Foto: “Domashniy Ochag”