Sochlar organizmda gormon o‘zgarishi natijasida siyraklashishi yoki to‘kilishi mumkin. Bunday vaziyatda quyidagi mahsulotlar iste’molini ko‘paytirish tavsiya etiladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Ko‘pincha erkak va ayollarning sochi androgenlar ta’sirida siyraklashadi. Buning sababchisi digidrotestosteron (DGT) deb nomlangan gormondir. Tana 5-alfa-reduktaza dermenti yordamida testesterondan ushbu moddani ishlab chiqaradi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, ushbu fermentni maxsus parhez orqali to‘xtatish testesterondan DGT gormonini ishlab chiqarishni kamaytiradi va shu bilan sochlar to‘kilishining oldi olinadi.

Oshxonada socharni himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan 6 ta mahsulot mavjud:

Ko‘k choy

Ko‘k choy dunyodagi eng mashhur ichimliklardan biri hisoblanadi. Ayrim mamlakatlarda esa uning qovurilgan varianti – qora choy ichiladi.

Choy butasi barglari ko‘k choy hosil bo‘lishi uchun bug‘lanadi. Shu sababli choy o‘zida foydali va tabiiy birikmalarni saqlaydi. Shuningdek, choy tarkibida vazn yo‘qotish, sog‘liq va miya faoliyatini yaxshilaydigan epigallokatexina mavjud. Ushbu foydali birikma soch tuxumdonlarini DGTning zararli ta’siridan himoya qiladi.

Kokos yog‘i

Kokos yog‘idan qandolatchilik va kosmetologiyada unumli foydalaniladi. Uning tarkibida ko‘p miqdorda triglitserid yog‘i mavjud. Ularning asosiy qismi laurin kislota shaklida bo‘ladi. Olimlar buni faqat hayvonlarda tajriba qilib ko‘rdi va ushbu yog‘ kislotasi DGT ishlab chiqarishini to‘xtatishiga amin bo‘ldi. Tajribalar davom etguniga qadar kokos yog‘i iste’molini ratsionga kiritish tavsiya etiladi.

Piyoz

Piyoz mahsuloti barcha taomlarga maza berish uchun qo‘shiladi. Uning kaloriyasi kam bo‘lsa-da, ammo kvarsetin kabi antioksidantlarga boy. Kalamushlar ustida o‘tkazilgan sinovlarga ko‘ra, ushbu mahsulotda ham DGT ishlab chiqarishni to‘xtatish imkoniyati mavjud.

Zarchava

Zarchava ziravori nafaqat taomlarga qo‘shimcha maza berishda, balki boshqa maqsadlarda ham iste’mol qilinadi. Olimlar zarchavani yallig‘lanishni kamaytirish, artrit, qonda xolesterin miqdorini me’yorlashtirish hamda jismoniy mashqlardan keyin holatni qayta tiklashga yordam berishini isbotladi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, zarchava DGT miqdorini kamaytirib, 5-alfa-reduktaza fermentini ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Ammo olimlar insonlar ham xuddi shunday ta’sirga ega bo‘ladimi yoki yo‘qligi ustida hamon izlanish olib bormoqda.

Qovoq urug‘lari

Qovoq – oltin kuz ramzi. Uning tarkibida temir, sink, magniy va antioksidantlarga boy bo‘lgan yuzlab urug‘lar mavjud. Ma’lumotlarga qaraganda, qovoq urug‘i yog‘i erkaklarda soch o‘sishiga yordam beradi. Yarim yillik izlanishlar natijasida peshonasida sochi to‘kilgan 76 yoshli kishi asosi qovoq yog‘i bo‘lgan qo‘shimcha oziq-ovqatlar bilan oziqlandi va natija boshqalarnikiga qaraganda ancha sezilarli, sochlar qalinligi deyarli bir xil bo‘lsa ham, ammo o‘sishida farq qilgan.

Lekin tadqiqot ishtirokchisi boshqa qo‘shimcha moddalar ham qabul qilganligi tufayli natija faqat qovoq urug‘ moyiga tegishli ekanligiga ishonch hosil qilinmagan.

Yashil no‘xat

Yashil no‘xatdan ko‘pincha salat yoki yaxna yeguliklarda foydalaniladi. No‘xat nafaqat oqsil va biriktiruvchi to‘qimalar, balki DGT miqdorini kamaytiradigan foydali birikmalarga ham boy. Ushbu mahsulotni ratsionga kiritish va undan muntazam iste’mol qilish ichki organizmlar orqali tashqi ko‘rinishga ham ta’sir qiladi.