AQShning Men shtatida yashovchi dengiz qisqichbaqasini ovlovchi kema egasi Jon Makovski 2005-yildan buyon unga hamrohlik qilib kelayotgan Qizilko‘z laqabli chaykaning hayotini saqlab qoldi. Qush doimo uchib kelib kemaga qo‘nadi va baliqchini kuzatadi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

Bir kuni Makovski dengizdagi do‘stining panjasi lat yeganini payqab qoladi. U qushni tutib, yovvoyi tabiat markaziga olib boradi. Qizilko‘z u yerda bir necha haftani o‘tkazadi.

Foto: “Korrespondent.net”

Makovski uni ko‘rgani kelar va baliq bilan siylar edi.

Foto: “Korrespondent.net”

Chayka tez orada sog‘aydi. Do‘sti uni ozodlikka qo‘yib yubordi. Jarohatning tuzalishi Qizilko‘zning odatiga ta’sir qilmadi, u hamon dengizga chiqqan do‘stini ko‘rishga kelyapti.