Vyetnamlik erkak sochini 80 yil davomida oldirmagan, hozirda sochining uzunligi 5 metrni tashkil qiladi. Bu haqda National Geographic xabar beradi.

Foto: National Geographic

Vyetnamda yashovchi Nguen Van Chin ismli kishi 92 yoshga kirgan. U oxirgi marotaba sochini 12 yoshligida oldirgan. Qariya uzoq umr ko‘rishning siri uning sochlarida ekanligiga ishonadi. Van Chin o‘zi paydo bo‘lgan narsaga daxl qilmaslikni ta’kidlaydi.

Van Chinning sochini hech narsa o‘zgartira olmasligini, agar uni kesgudek bo‘lsa, bu dunyodan ko‘z yumishini aytadi. Shuning uchun ham qariya sochlarini avaylaydi, parvarish qiladi, hamisha toza saqlaydi va ustiga yopinchiq yopadi.

Foto: National Geographic

Vyetnamliklar soch o‘sishini ilohiyot bilan bog‘laydi. Van Chinga uning 62 yosh o‘g‘li yordam beradi. Shuningdek, u ham otasining sochini muqaddas sanab, uni oldirmaslik kerak deb biladi.