Amerikalik rok-musiqachi Iggi Popning Biggi Pop laqabli to‘tiqushi Avstraliyaning Byron Bay Wildlife Hospital kasalxonasi yangi loyihasining vasiyi bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Korrespondent.net”

Iggi Instagram’da qushi nomidan sahifa ochgan va unda veterinarlari o‘rmon yong‘inidan zarar ko‘rgan hayvonlarni davolaydigan muassasa faoliyati haqida ma’lumot bergan.

Ta’kid​lash joiz, Avstraliyada 2019-yil yozda yuz bergan yong‘inlarda​ 3 milliard hayvon, 180 million qush halok bo‘lgan.

https://www.instagram.com/p/CESlu28p4OZ/

Biggi nomidan qayd qilinishicha, unga mazkur muassasadan vasiy bo‘lishga taklif kelib tushganidan keyin ikkilanib ham o‘tirmay rozi bo‘lgan. Hozir u yerga uchib borishining iloji bo‘lmagani uchun Instagram sahifasida ma’lumot tarqatishga yordam berishga qaror qilgan.

Ma’lumot uchun, musiqachi mazkur to‘tiqushni 12 yil avval Floridadagi do‘konlarning biridan xarid qilgan va 2016-yildan buyon Biggi nomidan Instagram sahifasini yuritib keladi.