Hindistonning Kashmir shtatida yashovchi o‘smir Fayzan Ahmad Najarning ikki qo‘lida ham qo‘shimcha bosh barmoq mavjud va bu unga hayotda muvaffaqiyatga erishishda yordam beradi, deb yozadi  Daily Mail.

Foto: SWNS

Bolaning aytishicha, qo‘shimcha barmoqlar unga daraxtga chiqishida, kriket video o‘yinini o‘ynashda yordam beradi.

Foto: SWNS

Hozir Fayzan 12 yoshda. U ikki yoshligida shifokorlar bolaning ota-onasiga ortiqcha barmoqlarni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlashni taklif qilgan, ammo ular buni rad etgan.

Foto: SWNS

“Biz bu masala bo‘yicha ruhoniydan maslahat oldik, uning aytishiga ko‘ra, agar ortiqcha barmoqlar olib tashlansa, bu farzandimizning ko‘rish qobiliyatiga ta’sir o‘tkazar ekan”, — deydi bolaning onasi.

Foto: Daily Mail

Fayzanning o‘zi ham bunday o‘zgachalikdan uyalmasligini tasdiqladi va kelajakda muvaffaqiyatga erishish uchun ortiqcha barmoqlari xalaqit bermasligiga umid qiladi.