Mikroto‘lqinli pech uy bekalarining eng yaqin do‘sti. Biror yegulikni isitish yoki ayrim mahsulotlarni pishirish kerak bo‘lsa, mikroto‘lqinli pech hech qachon yo‘q demaydi. Hattoki, mumkin bo‘lmagan mahsulotlarni ham isitishda yo‘q demaydi.

Foto: “Domashniy Ochag”

Mikroto‘lqinli pechdan foydalanishda qoidalarga amal qilish zarur. Buning uchun maxsus idish, belgilangan vaqt va chaqiruv ovozi eshitilgandan so‘ng mahsulotni chiqarib olish ketma-ketligi bajarilsa bas. Bor-yo‘g‘i shu. Ammo foydalanish bo‘yicha berilgan tavsiyalarga beparvo bo‘lish bir qancha ko‘ngilsizliklarga olib keladi, hattoki halokat bilan yakun topishi ham mumkin. Quyida sinab ko‘rilgan tajribalar natijasidan to‘g‘ri xulosa chiqarish har kimning o‘ziga bog‘liq.

Foto: “Domashniy Ochag”

Qushlar uchun maxsus oziqalarni dezinfeksiya qilishning keragi yo‘q, ayniqsa, mikroto‘lqinli pechda. Sababi undan qushlar uchun bodroq hosil bo‘ladi, ehtimol, bu ularga yoqmas.

Foto: “Domashniy Ochag”

Bu nima bo‘lishi mumkin? Arvohga o‘xshaydimi? Yo‘q, bu shunchaki mikroto‘lqinli pechda uzoq vaqt unutilgan pitssa.

Foto: “Domashniy Ochag”

Bolakay shunchaki tezpishar makaron kosasiga suv quyishni unutgan ko‘rinadi.

Foto: “Domashniy Ochag”

Bu hodisa qanday sodir bo‘lgani egasiga ham noma’lum. Faqat yopishib qolgan stakanni olish uchun juda ko‘p vaqt sarflangani aniq

Foto: “Domashniy Ochag”

Mikroto‘lqinli pechda plastik idishda ovqat isitish mumkin emas. U o‘zidan zararli kimyoviy moddalarni chiqarishi bilan birga, idishni ham eritib yuboradi.

Foto: “Domashniy Ochag”

McDonald’s kartoshkasini 30 soniya emas, 30 daqiqaga qo‘yilganda shunday ko‘rinishda bo‘ladi.

Foto: “Domashniy Ochag”

Pechda vafli uchun shakar siropini tayyorlashni istaganlar uchun atigi 5 daqiqadan so‘ng.

Foto: “Domashniy Ochag”

Muzqaymoqni boshqa idishga olishni osonlashtirish uchun qoshiqni pech yordamida qizitishga qaror qildi va …

Foto: “Domashniy Ochag”

Sovib qolgan qahvani pechda isitishga urinish va keyin esa stakanning o‘zini olishga urinish.

Foto: “Domashniy Ochag”

Mikroto‘lqinli pechda telefonni quvvatlash qat’iyan man etiladi.