Buyuk Britaniyada mehmonlar jirafalar bilan nonushta yoki kechki ovqat tanovul qilishi mumkin bo‘lgan turistik kompleks quriladi, deb xabar beradi The Sun.

Foto: The Sun

Kentdagi mehmonxona va qo‘riqxona 2021-yilning yozida ochilishi kerak bo‘lgan jirafalar zalini qurishni rejalashtirgan. Kutishlar varag‘ida unga tashrif buyurishni hozirda 9 ming kishi kutmoqda.

XV asrga tegishli qayta qurilgan binodagi butik-mehmonxona yuvinish xonasi mavjud 10 ta yotoqxonaga ega bo‘ladi. Uning hududida, shuningdek, yilning istalgan vaqtida 40 nafar mehmonni sig‘dira oladigan kemping ham joylashadi.

Kompleksning o‘ziga xosligi — qo‘riqxona hududidagi haydonlar uyga nonushta, tushlik yoki kechki ovqat vaqtida eshik hamda oynalar orqali uyga mo‘ralashi mumkinligida.

Mehmonxonalarning bu kabi konsepsiyasi hozirda Nayrobida mavjud.