Gollivud aktyori Chedvik Bouzmanning o‘limi haqida xabar beruvchi tvit Twitter tarixidagi eng ommabop tvit bo‘ldi, deb xabar berdi Meduza.

Foto: Reuters

Ushbu tvit 30-avgust kuni ertalab 6,4 millionta layk to‘plagan.

Tarixdagi eng ko‘p layk to‘plagan tvit.

Bunga qadar Nelson Mandeladan iqtibos keltirgan AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaning 2017-yilgi tviti layklar soni bo‘yicha rekord o‘rnatgan.

“Hech kim boshqa bir odamga terisi rangi, kelib chiqishi yoki dini tufayli nafrat bilan tug‘ilmaydi”.

Chedvik Bouzman 28-avgust kuni 43 yoshida olamdan o‘tdi. 2016-yilda unda yo‘g‘on ichak saratoni aniqlangan edi. Aktyor hayotining so‘nggi to‘rt yilini muolajalar olib o‘tkazgan.