O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad hamda jurnalist, teleboshlovchi Shohira Hamro tashkillashtirdi.

Foto: “Daryo”

Aktrisa Saida Rametova suhbat davomida ko‘krak saratoniga chalingani haqida o‘g‘li eshitib shokka tushib qolgani, opasi va qayinsinglisi koronavirusdan vafot etgani haqida gapirib berdi.

Bolamga kasal bo‘lganimni aytganimdan so‘ng, bolam shoshib-pishib, shokka tushib qoldi. Nimagadir aytgim keldi. Xuddi ularni boshqa ko‘ra olmaydigan, hattoki operatsiyaga ham yeta olmaydigan, hech kimga hech qanday gapimni ayta olmaydigandek tuyuldi.

Opam rahmatli bir hafta ichida hech kimga hech narsa ayta olmasdan koronavirusdan vafot etdi. Keyin qayinsinglim ham shu kasaldan vafot etdi. Jumadulla ham juda og‘ir kasal bo‘ldilar. Hammasini ichimga oldim, yig‘ladim-yig‘ladim, qo‘limdan hech nima kelmadi, kuyundim. Turkiyadagi shifokorlar depressiyaga tushib qolganimni, ko‘p siqilganimni aytishdi. O‘sha uchun barcha gaplarimni bolamga, yaqinlarimga aytib qolay deb, kasal bo‘lganimni ularga aytgandim.

Saida Rametova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist