2020-yil 30-avgust kuni Belarusning Minsk shahrida bo‘lib o‘tayotgan norozilik aksiyasi paytida yigit qizga turmush qurish taklifini bildirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Korrespondent.net”

“Belaruslik yigit norozilik namoyishi paytida qizga turmushga chiqish taklifini bildirdi. Qarang, naqadar ta’sirli holat”, ­— deya izoh yozilgan videoga.

Videolavhada yigitning taklifidan so‘ng namoyishchilar ularni olqishlayotgani va tabriklayotgani aks etgan.