Gruziyaning poytaxti Tbilisida Amerikalik model Kendall Jennerga quyib qo‘ygandek o‘xshaydigan qiz yashaydi. O‘xshashligi sabab 29 yoshlik Chachuani ko‘chada to‘xtatishlar bir necha marta kuzatilgan, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

Ta’kidlanishiga qaraganda, Chachua savdo bilan shug‘ullanishdan tashqari Instagram’da shaxsiy blogini ham yuritadi.

Foto: “Korrespondent.net”

Sahifasida video, fotolar bilan bo‘lishganidan keyin ko‘rinishi 24 yoshlik Kendallga o‘xshashi haqida izohlar yozilgan. Teona, o‘zining bunday go‘zal model bilan taqqoslanayotgani yoqimli ekanini bildiradi.

Foto: “Korrespondent.net”

Gruziyalik qiz o‘zini Jennerga o‘xshash deb hisoblamaydi, ammo o‘xshatilishlar sabab o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortganini tan oladi.

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”