Tayvanda o‘tkazilgan havo sharlari festivalida varraklardan biri uch yoshli qizaloqni o‘zi bilan osmonga uchirib ketdi. Bolakay ulkan varrakning iplariga o‘ralib qolgan, deb yozadi New York Times.

Kadr: YouTube

Qizaloq yerdan 5-10 metr balandlikka ko‘tarilgan.

Tadbir ishtirokchilari va tashrif buyuruvchilar shamol biroz pasaygach, qiyinchilik bilan varrak ipini ushlab olib, qo‘rqib ketgan qizaloqni qutqarishga muvaffaq bo‘lgan.