AQShning Florida shtati aholisi tumshug‘iga kokteyl idishining qopqog‘i tiqilib qolgan katta havorang qarqara qushini qutqardi. Bu haqda “RIA Novosti” ma’lum qildi.

Foto: “RIA Novosti”

“Qushni uzoqdan ko‘rib, uning tumshug‘ida baliq bor deb o‘yladim”, − deydi floridalik Kerolayn Burgin. – Qo‘shnim bilan yaxshilab qarasak, bu tezpishar ovqat tayyorlaydigan restoranlardagi plastik idish qopqog‘i ekan”.

Qo‘shnilar qush tumshug‘ini ocholmay qolsa, ochlikdan o‘lishidan xavotir oldi. Keyin ular Hayvonlarni himoya qilish jamiyatidan ovchi chaqirdi.

“Bunday vaziyatda 98 foiz holda qush o‘ladi”, − dedi jamiyatdan kelgan mutaxassis Kim Begey. U qushni tuzoqqa tushirish uchun yangi tutilgan baliqdan foydalandi.

Qarqara dengiz qushlari qo‘riqxonasiga olib ketildi, albatta, u yerda veterinar shifokorlar yordam beradi, so‘ngra u yana ozodlikka qo‘yib yuboriladi.