Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori Oybek Xo‘jayev vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi

Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi tuman prokurori Xo‘jayev Oybek Otanazarovichning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va qarindoshlariga chuqur ta’ziya izhor etadi, deyilgan hokimlik xabarida.

Hokimlik prokurorning o‘limi sababi haqida ma’lumot bermagan. “Daryo” muxbiri so‘roviga javoban esa bu haqda ma’lumotga ega emasligini ta’kidlagan. Samarqand viloyat prokuraturasiga berilgan savollar ham hozircha ochiq qolmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, prokurorning janozasi 2-sentabr kuni u tug‘ilib o‘sgan Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i koronavirusdan vafot etgani xabar qilingandi.