Braziliyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 4 million kishidan oshdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Foto: RT

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan bir sutka ichida COVID-19 bilan yana 43 733 kishi kasallangan. Mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon 124 614 kishi vafot etgan (bir sutkada 834 kishi), 3 247 610 kishi sog‘aygan.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Braziliya koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda ketmoqda. Birinchi o‘rinni AQSh 6,1 milliondan ortiq kasallanish holati bilan qayd etgan. Uchinchi o‘rinda esa Hindison — 3,8 milliondan ortiq bemor.

Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 27-avgustda 24 milliondan, 30-avgustda 25 milliondan, 3-sentabr kuni esa butun dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 26 million kishidan oshgan.